17
UZB
baland bo’lsa, harorat indikatori o’chadi yoki miltillashni davom etadi.
2.4.3 Funksiyani o’chirish
super freeze tugmasini qayta bosish
bilan amalga oshiriladi yoki 50 soatdan keyin avtomatik tarzda o’chadi.
Funksiya o’chirilganidan so’ng
indikator o’chadi va avval
tanlangan harorat indikatori yonadi yoki miltillashni davom etadi.
2.5 TOVUSHLI SIGNALIZATSIYA
2.5.1 Muzlatkich eshigi 60 soniyadan ortiq vaqt ochiq boʻlganda,
tovushli signal ishga tushadi.
Tovushli signal eshik yopilgandan soʻng, tugma
bosilganda
(3-rasmga muvoq), yoki muzlatkich tarmoqdan uzilganda oʻchadi.
Agar tugma
bosilgandan keyin eshik 3 daqiqa davomida ochiq
qoladigan boʻlsa, tovushli signal yana ishga tushadi.
4-rasmda tasvirlangan vklyuchatelni qotirgan holda tovushni
signalizatsiyani o‘chirib qo‘yish TA’QIQLANADI, chunki bu muzlatgich
ishlashining buzilishiga olib keladi.
2.6 KELIB CHIQISHI MUMKIN BOʻLGAN NOSOZLIKLAR
2.6.1
indikatorining hamda harorat indikatorlarining biri yoki
bir nechtasi bir vaqtda oʻchib-yonishi, bartaraf etilishi uchun xizmat
koʻrsatish markazining mexanigini chaqirish lozim boʻlgan nosozlikni
bildiradi.
2.7 MUZLATKICHNI OʻCHIRISH
2.7.1 Muzlatkichni oʻchirish uchun elektr ta’minot shnuri vilkasini
rozetkadan chiqargan holda, tarmoqdan uzish lozim.
3 MUZLATKICHDAN FOYDALANISH
DIQQAT! Oziq-ovqatlarni quyidagi tarzda joylashtirmang:
– No Frost (qirovsiz) tizimining havo kanallarini berkitib
qo’ymaslik uchun orqa devorga taqamang;
– 5 rasmga binoan yuqori oyna tokchasining tepasida chap
yon devorida o’rnatilgan harorat datchigiga taqamang;
– pastki savatni ishlatmasdan muzlatgich tubida
joylashtirmang.
Zikr etilgan talablarni bajarmaslik elektr quvvati iste’molini
ko’payishiga olib kelishi mumkin.
3.1 Panelda va savatlarda uy sharoitida muzlatilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini saqlash muddatlari boʻyicha (oylarda) tavsiyalarga ega
boʻlgan piktogrammalar tasviri tushirilgan.
3.2 Mahsulotlarni yuqorigi shishali polkaga joylashtirish uchun,
6-rasmga muvoq, panelni gorizontal holatda mahkamlangunga
qadar koʻtarish lozim.
3.3 Muzlatkich eshigidagi Slim Space idishi kichikroq oʻramlardagi
tez-tez foydalaniladigan mahsulotlarni unchalik uzoq boʻlmagan
muddatlarda saqlash uchun moʻljallangan.
Idishni (7-rasm)
yechib olish uchun uni ikkala qoʻllaringiz bilan
yuqoriga koʻtarib turib, eshikdagi mahkamlash moslamalaridan
tirqishlarni boʻshatib olish lozim.
3.4 Maksimal miqdordagi muzlagan mahsulotlarni saqlash uchun,
muzlatkich ichidan savatlarni (pastkisi bundan istisno), panelni,
shishali polkalarni va Slim Space idishini chiqarib olish mumkin.
Harorat indikatori uzoq vaqt davomida yonib-oʻchib tursa,
saqlanayotgan mahsulotlarning sifatini tekshirib koʻrish va servis
xizmati mexanigini chaqirish lozim.
2.2 MUZLATKICHNI ISHGA TUSHIRISH
2.2.1 Muzlatkichni ishga tushirish uchun uni elektr tarmogʻiga
ulash lozim: shnur vilkasini rozetkaga kiritish kerak.
Boshqaruv panelida muzlatkichni oʻchirgunga qadar oʻrnatilgan
harorat indikatori yonib turadi (muzlatkich birinchi yoqilgandagi harorat
«
–18»). 2.3 bandga muvoq harorat oʻrnatiladi.
Muzlatkich ishga tushirilgandan keyin, oʻrnatilgan haroratga
mos keluvchi indikator yonib-oʻchib, muzlatkichdagi oshgan harorat
toʻgʻrisida signal bera boshlaydi. Muzlatkichdagi harorat pasaygandan
keyin, yonib-oʻchish toʻxtaydi.
DIQQAT! Elektr tarmogʻiga kuchlanish berilishining
toʻxtatilishi muzlatkichning keyingi ishlashiga ta’sir qilmaydi:
elektr tarmogʻiga kuchlanish berilishi tiklangach, muzlatkich
avvalgi oʻrnatilgan harorat bilan ishlashda davom etadi.
«Supermuzlatish» funksiyasini zaruriyatga qarab qaytadan
tanlash lozim.
2.3 HARORATNI OʻRNATISH
2.3.1 Haroratni oʻrnatish «
о
С» tugmasini bosish yoʻli bilan
amalga oshiriladi – haroratning raqamli qiymati aks etgan indikatorlar
navbatma-navbat yonadi.
2.4 «SUPERMUZLATISH» (super freeze) FUNKSIYASINI
ISHGA TUSHIRISH/OʻCHIRISH
2.4.1 Funksiya ogʻirligi 4 kg dan ortiq boʻlgan sarhil mahsulotlarni
muzlatkichda muzlatish uchun moʻljallangan. «Supermuzlatish»
funksiyasini avvalroq, ya’ni muzlatkichni sarhil mahsulotlar bilan
toʻldirishdan 24 soat oldin ishga tushirib qoʻyish kerak.
Koʻp miqdordagi sarhil mahsulotlarni muzlatish uchun BIG BOX
savatini chiqarib qoʻyish va mahsulotlarni bevosita shishali polkaga
qoʻyish tavsiya etiladi.
2.4.2 «Supermuzlatish» funktsiyasini yoqish uchun
super
freeze tugmasini bosish kerak – indikator yonadi, agar harorat
3-rasm – Boshqaruv paneli
«Supermuzlatish»
funksiyasi indikatori
«Supermuzlatish» funksiyasini ishga
tushirish/oʻchirish tugmasi
tovushli signalizatsiyani
oʻchirish tugmasi
harorat
indikatorlari
haroratni tanlash
tugmasi
harorat datchchigi
5-rasm 7-rasm6-rasm
panel
4-rasm
viklyuchatel
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является